Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z Instagram’ida bokschi Ruslan Chagayev Lukas Braunga qarshi ertagayoq ringga chiqishga tayyor ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, mashg‘ulotlar aks etgan videolavhani joyladi.
“Mashg‘ulotlarda qatnashib, janglarini ko‘rib, shunday xulosaga keldimki, u botir va irodali kurashchi. Bugun Ruslan dunyoning taniqli bokschilari bilan sparringlar o‘tkazdi. U ertagayoq Lukas Braun bilan ringga chiqishga tayyor ekanligiga ishonchim komil”, — deya qayd etdi u.
Qodirov o‘z posti so‘ngida xalqaro turnirgacha kam vaqt qolganini aytib, u 5-mart kuni “Kolizey” sport saroyida o‘tkazilishini eslatdi.
Avvalroq Checheniston rahbari shu yilning mart oyida Grozniyning “Kolizey” sport saroyida o‘tkaziladigan boks kechasi tafsilotlari haqida ma’lumot bergan edi.
Qodirovning ta’kidlashicha, jangga tayyorlanayotgan sportchilar bilan murabbiy Pedro Diaz, bokschilar Gilyermo Rigando va Tayron Sponglar shug‘ullanmoqda.
Izoh (0)