“Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike uning futbolchilari penaltidan unumli foydalana olmayotgani borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb yozadi “Uff.uz”.
“Menimcha, futbolda ham regbidagidek katta darvozalar o‘rnatish kerak. Agar jiddiy aytadigan bo‘lsam, bu holat bizga o‘z o‘yinimizni o‘zgartirishga intilish uchun qo‘shimcha ishtiyoq baxsh etadi.
Bizda g‘alabalardan sarmast bo‘lish yo‘q. Barcha o‘z ishini bilib bajaradi”, — deydi Enrike.
Izoh (0)