“Real” (Madrid) hujumchisi Krishtianu Ronaldu UEFA versiyasi bo‘yicha haftaning yakunlari bo‘yicha eng exshi o‘yinchi deb topildi. Bu haqda ittifoq rasmiy saytida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “Chempionat”.
Portugaliyalik hujumchi 41 foiz ovoz to‘plab, Jonas, Yulian Draksler va Kevin Trappni ortda qoldirdi.
Ronaldu Chempionlar ligasi nimchorak finalida Rimda “Roma” darvozasiga to‘p kiritdi, o‘yin esa “Real” g‘alabasi bilan yakunlandi (0:2). Ronaldu hisobiga Chempionlar ligasining joriy mavsumidagi 7 o‘yinda 12 gol va 3 ta natijali uzatma yozilgan.
Izoh (0)