“Barselona” hujumchisi Neymar Krishtianu Ronalduning Kataloniya klubiga ehtimoliy o‘tishi va o‘zi faoliyatini kuzatib boradigan murabbiylar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.
“Ronalduning muxlisiman. U haqiqiy yulduz. ‘Barselona’ uchun o‘ynaganida zo‘r bo‘lardi.
Gvardiola va Mourinyoga ham tan beraman, bir necha yillardan beri ularning faoliyatini kuzatib boraman. Ammo hozir mening murabbiyim Luis Enrike va men ‘Barselona’ uchun o‘ynayapman”, — deya ta’kidlagan Neymar.
Izoh (0)