Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida to‘rtinchi marta Osiyo chempionati finaliga yo‘l oldi.
19-fevral, juma kuni Tailandga qarshi yarim final o‘yinida Xose Mariya Mendez shogirdlari penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.
Uchrashuv asosiy va qo‘shimcha vaqtlarida 2:2 hisobi qayd etildi, penaltilar seriyasida esa omad O‘zbekistonga kulib boqdi (3:1).
Osiyo chempionati finalida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron — Vyetnam juftligi g‘olibiga qarshi to‘p suradi. Final 21-fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Fotosuratlar O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining Facebook’dagi sahifasidan olindi.
Izoh (0)