Britaniyaning FourFourTwo jurnali dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri Krishtianu Ronalduning ruhiy salomatligini shubha ostiga qo‘yadigan hikoyani chop etdi, deb yozadi “Sports.ru”. U Ronalduning xayoliy do‘sti haqida bo‘lib, ta’sirli, ba’zi joylari esa kulgili edi.
“Joau meni jamoadagi boshqa haqiqiy sheriklarim yoki murabbiylarimdan ko‘ra yaxshiroq tushunadi. U mening moda bo‘yicha istaklarim ustidan kulmaydi va menga Lionel Messidek yaxshi o‘yinchi emasligimni pesh qilmaydi. Aynan shuning uchun u mening eng yaxshi do‘stim. Bundan tashqari, u o‘zini xuddi men kabi iste’dodli, kelishgan yoki badavlat qilib ko‘rsatmaydi. Joau Benzema kabi mohir va Beyl kabi yoqimtoy deb ayta olaman. Men bilan qiyoslaganda u unchalik mohir yoki kelishgan emas... Agar real odamlar Joauga o‘xshaganida, dunyo ancha yaxshiroq bo‘lardi”, — dedi Ronaldu.
Hikoya so‘ngidagina nashr izoh keltirdi: “Iltimos, e’tibor bering, ushbu hajviy syujet haqiqiy emas”.
Izoh (0)