Lola Yo‘ldosheva Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan navbatdagi videolavha ko‘pchilikni ajablantirgan bo‘lsa ajab emas: xonanda montaj yordamida qiyofasini... maymunnikiga almashtirib olgan.
Rolikda “Hammaga yaxshi kayfiyat tilayman. Barchangizni o‘pib qolaman. Hamma raqsga tushadi!” degan chaqiriqlarni eshitish mumkin. Maymun-xonanda ortida esa yigit-qizlar qiyshanglab, raqs tushayotgani aks etgan.
Foydalanuvchilar qoldirgan izohlar ham shunga yarasha. Kimdir “Endi o‘zingizni topibsiz” desa, yana kimdir “Dardini bergan, shifosini ham bersin”, deya izoh qoldirgan.
Izoh (0)