Xonanda Tamila Instagram’dagi shaxsiy sahifasini butunlay o‘chirib tashladi. U bu haqda “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Instagram’dagi shaxsiy sahifam nomini o‘zgartirganim yo‘q, uni o‘chirib tashladim. Endi ijtimoiy tarmoqlarda yo‘qman”, — dedi xonanda.
Gazeta muxbirining Instagram’da @tamilaofficial nomi bilan sahifa ochilgani va unda xonanda nomidan muloqot davom etayotgani haqidagi savoliga Tamila: “Yo‘q, u men emasman”, deb javob bergan.
Yanvar oyi oxirida internetda Tamila deb taxmin qilinayotgan qizning axloqsiz harakatlari aks etgan videoyozuvlar tarqalib ketgandi. Shundan so‘ng xonandaning prodyuseri u bilan hamkorlikni to‘xtatdi, “O‘zbeknavo” esa Tamilaning litsenziyasini tugatdi.
Shov-shuvlar ortidan Tamila Qozog‘istonga ko‘chib ketgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi, biroq xonandaning o‘zi videomurojaat bilan chiqib, bu kabi mish-mishlarni rad etdi. U, shuningdek, videodagi qiz o‘zi emasligini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)