General Motors ikkinchi avlod Chevrolet Volt modelida foydalaniladigan gibrid dvigatellarini boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilarga yetkazib bera boshladi. Bu haqda GM motorlar yaratish bo‘limi bosh muhandisi Den Nikolson ma’lum qildi, deya xabar beradi “Motor”.
Voltec dvigatellaridan foydalanishga ruxsat berish boshqa kompaniyalarga bu bilan mustaqil shug‘ullanmay, milliardlab dollar mablag‘ni tejab qolish imkonini beradi. General Motors esa bunday hamkorlik Volt’ni yaratishga ketgan katta xarajatlarni qoplashiga umid qilmoqda.
Yangi Chevrolet Volt 2015-yil boshida Detroyt avtosalonida namoyish etilgan. U elektr motori va 1,5 litrli benzin dvigateliga ega. Soatiga 96 kilometr tezlikka 8,4 soniyada erishishi mumkin, maksimal tezligi esa soatiga 160 kilometrga teng.
Izoh (0)