“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi dunyoning eng qimmat avtomobili — 335 S Spider Scaglietti sohibiga aylandi. Bu haqda futbolchiga yaqin manbalarga tayanib, Bleacher Report xabar bermoqda.
1957-yilda ishlab chiqarilgan Ferrari mashinasi Parijdagi auksionga qo‘yilgan edi. Ushbu avtomobil uchun “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham kurash olib borgandi.
Ushbu mashinani boshqargan britaniyalik afsonaviy Stirling Moss 1958-yilda “Formula-1” Gran-prisining Kubadagi bosqichida g‘alaba qozongan edi. Bundan tashqari, bu avtomobil “24 soatli Le-Man” poygalarida ham ishtirok etgan.
Ferrari 335 S Messining kolleksiyasidagi uchinchi superkar bo‘ldi. Bungacha argentinalik Maserati GT Stradale va Audi R8 Spyder avtomobillarini xarid qilgandi. Ularning umumiy qiymati 517 ming yevroga baholangan.
Eslatib o‘tamiz, 335 S Spider Scaglietti auksionda 32 million yevroga sotildi va dunyoning eng qimmat avtomobili nomini qo‘lga kiritdi. Oldinroq uni AQShlik nomi oshkor qilinmagan xaridor sotib olgani taxmin qilingandi.
Izoh (0)