AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiyaning Suriyadagi bombardimonlari oqibatida ayollar va bolalar nobud bo‘layotganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Rossiya Suriyada boshqarib bo‘lmaydigan bombalardan foydalanmoqda. Bu tufayli ko‘plab tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘lmoqda. Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bir necha amaliy takliflar berdi. Ammo bu bombardimonlarni davom ettirish uchun o‘ylab topilgan quruq gap bo‘lsa, ularni hech kim qabul qilmaydi”, — deya ta’kidlagan Kerri.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Rossiyani Suriya masalasidagi muzokaralarning to‘xtatib qo‘yilishida ayblagandi.
Izoh (0)