KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatda 8-fevraldan 25-fevralgacha bo‘lgan vaqt oralig‘iga belgilangan qit’alararo ballistik raketa uchirilishini shaxsan kuzatib turadi, deb yozadi “TASS” Janubiy Koreya OAVlariga tayanib.
“Choson ilbo” gazetasi Janubiy Koreya hukumatidagi manbalariga tayanib yozishicha, sun’iy yo‘ldoshdan olingan fotosuratlar Tochxan-ru uyezdidagi poligonda start maydonchasi yaqiniga kuzatish bunkeri o‘rnatilganini ko‘rsatgan. “Shundan kelib chiqib, Kim Chen In raketani uchirish vaqtida shu yerda bo‘lishini taxmin qilish mumkin”, — deya ta’kidladi manba.
2-fevral kuni Pxenyan Xalqaro elektr aloqa ittifoqi va Xalqaro dengiz tashkilotini 8—25-fevral kunlari Yerning sun’iy yo‘ldoshini uchirish rejalari haqida xabardor qilgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)