• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyatning sobiq rahbari Ahmadjon Usmonov yo‘l qo‘ygan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi

    Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 4-fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi: A.Usmonov Toshkent viloyati hokimi vazifasidan ozod qilindi va Zangiota tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Sodiq Abdullayev Toshkent viloyati hokimi etib tasdiqlandi. Sessiya ishida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘z nutqida viloyatdagi mavjud muammolar, sobiq rahbar yo‘l qo‘ygan kamchiliklarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

    Foto: “O‘zA”

    Foto: “O‘zA”

    Sessiyada viloyatdagi mavjud 14 ta tumanning 7 tasida mahalliy budjet xarajatlari subvensiya, ya’ni, berilayotgan moliyaviy yordam hisobidan qoplanayotganiga e’tibor qaratildi. Bekobod tumanida mahalliy budjet umumiy xarajatlarining 44,1 foizi, Quyichirchiq tumanida 43,2 foizi, Oqqo‘rg‘on tumanida 42,2 foizi, Bo‘ka tumanida 42,1 foizi dotatsiya hisobidan qoplanmoqda.

    Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Bo‘ka, Quyichirchiq, Parkent, Yuqorichirchiq, Chinoz tumanlarida sanoat rivojiga, yangi ish o‘rinlarini yaratish masalasiga beparvolik bilan qaralayotgani va bu tumanlarning viloyat sanoatidagi ulushi 1 foizdan ham past bo‘lib qolayotganini izohlashning o‘zi qiyin. Shuningdek, viloyat hududidagi 20 ta yirik sanoat korxonasida o‘tgan yili ishlab chiqarish hajmi pasayib ketgan, 2 ta korxonada esa mahsulot ishlab chiqarilmagan.

    Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar barpo etishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda, ular ko‘pincha belgilangan muddatda o‘z egalariga topshirilmayapti. Umuman aytganda, bu uylarni qurayotgan pudratchi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasi, ularni texnika va asbob-uskunalar bilan ta’minlash talabga mutlaqo javob bermasligi bunday noxush holatga sabab bo‘lmoqda va topshirilayotgan uylarning sifatiga, odamlarning kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Toshkent viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi asosan savdo-sotiq va qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori bo‘lib qolmoqda. Sanoat sohasini olinadigan bo‘lsa, viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu tarmoqdagi ulushi 28,8 foizni tashkil etmoqda. Vaholanki, bu raqam mamlakat miqyosida 38,9 foizni tashkil etadi.

    Sessiyada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida olib borilayotgan ishlar qoniqarli emasligi tanqid qilindi. Buning tasdig‘ini viloyatda yetishtirilayotgan meva-sabzavotning faqatgina 24 foizi, go‘shtning 27 foizi, sutning esa 20 foizi qayta ishlanayotgani misolida ko‘rish mumkin.

    Viloyatda so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish rejalari qo‘pol ravishda buzilib, 2 ming 500 gektar sug‘oriladigan maydonlarga boshqa ekinlar ekilgan. Bunday holatlar Bekobod, Yangiyo‘l, Qibray, Bo‘stonliq va Chinoz tumanlarida muntazam ravishda takrorlanib kelgan.

    Yaratib berilayotgan imkoniyat va sharoitlarga qaramasdan, o‘tgan yili Toshkent viloyatida paxtachilik bo‘yicha 97 ta, g‘allachilik bo‘yicha esa 149 ta fermer xo‘jaligi shartnoma majburiyatini bajarmagan. Ishga ana shunday mas’uliyatsiz yondashuv tufayli Bo‘ka va Bekobod tumanlarining har birida 1 milliard 200 million so‘m, Oqqo‘rg‘on va O‘rtachirchiq tumanlarida esa 500 million so‘mdan zarar ko‘rilgan.

    Men bir fikrni ko‘p marta aytganman va uni bugun ham takrorlashga majburman: qayerdaki rahbarlar o‘z zimmasidagi mas’uliyatni unutsa, qayerdaki ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, o‘sha yerda ish orqaga ketadi, bundan qancha-qancha odamlar zarar ko‘radi, eng yomoni, aholining joylardagi hokimiyat idoralariga ishonchi yo‘qoladi, dedi Islom Karimov.

    Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi sessiya kun tartibiga qo‘yilgan tashkiliy masalaning asosiy maqsad-mazmuni ham ayni shu muammoga qaratilganini tushunish qiyin emas, deb fikrini davom ettirdi davlat rahbari. Ya’ni, so‘z Toshkent viloyatining hokimi bo‘lib ishlab kelayotgan A.Usmonovning faoliyati va mas’uliyati haqida bormoqda.

    Toshkent viloyatida ish boshlagach, dastlabki paytda A.Usmonovning faoliyatida viloyat oldida turgan vazifalarni amalga oshirish, mavjud muammolarni hal etish uchun birmuncha harakatlar ko‘zga tashlandi. Vaqt o‘tishi bilan bu insonning ishga qarashi va odamlarga munosabatida manmanlik, o‘ziga bino qo‘yish, yon-atrofdagilardan o‘zini yuqori tutish, qo‘pollik, qo‘l ostida ishlayotganlarni mensimaslik, ularning fikri bilan hisoblashmaslik kabi holatlar “ish uslubi”ga aylanib qoldi. Eng yomoni, bunday munosabatlar birinchi rahbar bilan viloyat faollari o‘rtasida katta jardek tushunmovchilik paydo bo‘lishiga olib keldi.

    A.Usmonovning ish faoliyatidagi nomaqbul xususiyatlar haqida, o‘z mas’uliyatini oshirishi zarurligi haqida unga ko‘p bor aytilib, suhbatlar o‘tkazilgan bo‘lsa-da, lekin oyog‘i yerdan uzilib qolgani uchun bu gaplardan u tegishli xulosa chiqarib olmadi va bu o‘z navbatida uning viloyat faollari va jamoatchiligi o‘rtasida obro‘-e’tiborini yo‘qotishiga olib keldi.

    Sessiyada A.Usmonov kadrlarni tanlash va lavozimga qo‘yishda g‘arazli maqsad bilan ish ko‘rib, asosan o‘ziga shaxsiy sadoqatda bo‘lgan, lekin zarur bilim va tajribaga, ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lmagan shaxslarni turli rahbarlik vazifalariga tayinlagani, Toshkent viloyatining o‘zida yuqori malakali kadrlar yetarli bo‘lishiga qaramasdan, ba’zi bir lavozimlarga o‘zining tanish-bilishlarini olib kelish uning odatiga aylanib qolgani qayd etib o‘tildi.

    Masalan, Toshkent viloyati hokimligining axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimiga A.Hamdamov, viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi vazifasiga B.Qorayev tayinlangan. Shuningdek, u viloyat hokimligining ishlar boshqaruvchisi vazifasiga, kapital qurilish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha kotibiyat mudiri lavozimiga, huquq-tartibot, safarbarlik va favqulodda holatlar bo‘yicha tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi guruh boshlig‘i vazifasiga, “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasining bosh muhandisi lavozimiga o‘ziga yaqin odamlarni ishga qo‘ygan.

    O‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlaydigan bu shaxslar amaldagi qonunchilikni buzib, mansabni suiiste’mol qilish bilan bog‘liq turli jinoyatlarni sodir etishgan. O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar tufayli ularning ayrimlari (A.Temirov, A.Sattorov, O.Mahmudov) jinoiy javobgarlikka tortilgan, ayrimlari (A.Erjigitov, A.Hamdamov, B.Qorayev, S.Samadov) ishdan bo‘shatilgan.

    A.Usmonovning yaqin hamtovoqlari bo‘lgan bir guruh shaxslar, jumladan, viloyat hokimining yordamchisi A.Umarov, viloyat hokimligining sobiq ishlar boshqaruvchisi M.Ikromov, viloyat “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi bosh muhandisi Sh.Xo‘jamqulov, Rubber trast shoss mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari A.Ismoilov poraxo‘rlikda ayblanib, ularga nisbatan prokuratura organlari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

    Majlisda A.Usmonovning bunday rahbarlik “uslubi” viloyatni boshqarishda ko‘pgina yangi-yangi muammolarni tug‘dirib, viloyat oldida turgan muhim vazifalarning bajarilmay qolishiga, eng yomoni, viloyat faollari o‘rtasida qarama-qarshilik, nizo va ziddiyatlar paydo bo‘lishiga, muhitning buzilishiga olib kelgani ta’kidlandi.

    04.02.2016, 23:49   Izoh (0)   51951
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi Wi-Fi’li avtobuslar va gullagan daraxtlar, Toshkent viloyatining yangi hokimi va kunning boshqa muhim yangiliklari

    04.02.2016, 20:34

    Zangiota tumani hokimi Sodiq Abdullayev Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi

    04.02.2016, 19:41

    Toshkentda Umra—2016 guruh rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    04.02.2016, 16:44

    Rossiyaning birinchi raqamli marketeri Igor Mann yana Toshkentga keladi

    04.02.2016, 16:39

    Toshkentda 28 va 51-raqamli avtobuslar ham tez orada Wi-Fi bilan ta’minlanadi

    04.02.2016, 16:11

    O‘zbekistondagi Gripp markazi rahbari: “O‘z-o‘zini davolash — xavfli”

    04.02.2016, 15:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlangani e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 14:16

    Afg‘oniston terma jamoasi Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin

    Sport | 30 iyun, 13:59

    O‘zbekiston yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi bo‘ldi

    O‘zbekiston | 30 iyun, 13:51

    Koreyada issiqda sovituvchi, sovuqda esa isituvchi “aqlli” derazalar yaratildi

    Layfstayl | 30 iyun, 13:50

    Livandagi qishloqda xo‘roz boqish taqiqlandi

    Dunyo | 30 iyun, 13:31

    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

    Reklama | 30 iyun, 12:00

    “Prezident Sadir Japarov uch kundan buyon samolyotda uxlamoqda” — Qamchibek Tashiyev

    Qirg‘iziston | 30 iyun, 13:22

    Ronaldu: “Murabbiylik men uchun emas”

    Sport | 30 iyun, 13:04
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.