Ekspertlar fyuzelyaj (korpus)dagi yoriq tufayli Somaliga shoshilinch ravishda qo‘ngan A321 samolyoti bortidagi portlash terakt natijasida kelib chiqqan deb baholadi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda. Layner salonidan portlovchi modda izlari topilgan.
Unda portlashdan so‘ng nimalar sodir bo‘lganini yo‘lovchilardan biri videotasvirga olishga ulgurdi. Rolikda osilib turgan kislorodli niqoblar va fyuzelyajdagi teshikni ham ko‘rish mumkin. Ko‘pchilik kamarlarni taqishga ulgurgani uchun, germetiklikning buzilishi natijasida shikastlanishlar olmadi.
Bortda terakt sodir bo‘lgani hozircha asosiy versiya bo‘lib turibdi. Daallo Airlines aviakompaniyasining Airbus’i Somali poytaxti Mogadishodan Jibutiga uchib chiqqan edi. Bortda 74 yo‘lovchi bo‘lgan. Layner to‘rt ming metr balandlikka ko‘tarilganida gumburlagan ovoz eshitilgan va fyuzelyajda o‘ng qanot yonida samolyot eshigi kattaligidagi yoriq paydo bo‘lgan. Uchuvchilar favqulodda qo‘nishga qaror qilgan.
Hodisa natijasida reysning bir yo‘lovchisi halok bo‘ldi: portlash chog‘ida u salondan otilib chiqib ketdi, uning jasadi Mogadishodan 30 km naridan topildi. Yana ikki kishi yaralandi.
Izoh (0)