Biznesmen Roman Abramovich “Birinchi kanal”ning o‘ziga tegishli ulushini Rossiya yurisdiksiyasiga o‘tkazadi. Bu haqda Abramovich boshqaradigan Millhouse kompaniyasidagi manbasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi, deb yozadi Meduza.
Bungacha “Birinchi kanal”ning 24 foizi, agentlik manbasiga ko‘ra, Kiprdagi ofshor kompaniya nomiga rasmiylashtirilgan edi.
Manba aniqlik kiritishicha, OAVlardagi xorijliklar to‘g‘risidagi qonun kuchga kirgani tufayli, Abramovich aksiyalarni Rossiya yurisdiksiyasiga o‘tkazishga qaror qilgan. Bu qonun chet el kompaniyalari va xorijlik shaxslarga Rossiya OAVning 20 foizdan ortig‘iga egalik qilishini taqiqlaydi.
Izoh (0)