Qo‘shimcha reallik texnologiyalari sohasidagi izlanishlar bilan shug‘ullanayotgan Magic Leap kompaniyasi salkam 800 million dollar miqdoridagi yangi investitsiyalarni jalb etganini e’lon qildi. Bu haqda 3dnews xabar bermoqda.
Startapni moliyalashtirishning yangi bosqichida Alibaba Group, Google, Qualcomm, Warner Brothers, Fidelity, JPMorgan va Morgan Stanley investor tariqasida ishtirok etmoqda. Qaysi kompaniya qancha investitsiya kiritgani ma’lum qilinmagan. Magic Leap’ga oldin ham kiritilgan mablag‘ni qo‘shib hisoblaganda, kompaniyaga jalb etilgan investitsiyalar miqdori 1,4 milliard dollarga bormoqda.
Qiziq tomoni shundaki, kiritilgan shuncha investitsiyaga qaramay, kompaniya hali bozorga birorta tayyor mahsulot yetkazib bergani yo‘q, faqat o‘z g‘oyalarining videonamoyishi bilan cheklanmoqda. Startap yorug‘lik maydoni texnologiyasi asosidagi virtual reallik shlemini taqdim etishni va’da bergan.
https://youtu.be/kPMHcanq0xM
Izoh (0)