Samsung kompaniyasi o‘z qurilmalarini ommalashtirish maqsadida qiziqarli usuldan foydalanishga qaror qildi, deb yozadi 3DNews. Koreyadagi eng yirik operator SK Telecom va Koreya sayyohlik tashkiloti ko‘magida kompaniya mamlakat mehmonlariga o‘zining Galaxy Note 5 fabletidan bepul foydalanish imkoniyatini taklif etadi.
Joriy oy oxiridan boshlab, Janubiy Koreyaga Seul xalqaro aeroporti orqali yetib kelgan sayyohlar Galaxy Note 5’ni besh kun muddatga bepul ijaraga olish xizmatidan foydalanishi mumkin. Ularga 1 Gb internet-trafik beriladi. Bunday imkoniyatni har hafta 250 ga yaqin mehmon qo‘lga kiritishi ko‘zda tutilgan.
Aksiyada ishtirok etish shartlari tez orada Koreya sayyohlik tashkiloti rasmiy saytida e’lon qilinadi.
Izoh (0)