Yahoo kompaniyasi xarajatlarni kamaytirish strategiyasi doirasida xodimlarini 15 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Jami 1700 kishi ishdan ozod etiladi, shundan so‘ng kompaniya tarkibida 9 ming atrofidagi xodim qoladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Xarajatlarni qisqartirish dasturi Yahoo’ga yiliga 400 million dollarni iqtisod qilish imkonini beradi. Kompaniya intellektual va ko‘chmas mulkni sotish hisobidan 1 dan 3 milliard dollargacha bo‘lgan miqdordagi mablag‘ni qo‘lga kiritishni ham mo‘ljallangan. Yahoo’ning Dubay, Mexiko, Buenos-Ayres, Madrid va Milandagi ofislari yopilishi, shuningdek, Games va TV servislari sotilishi belgilangan.
Izoh (0)