Mayamida yashovchi Klaudia Kastilyo mahalliy politsiya zobiti bilan o‘rin almashdi. Ayol trassada u bilan yonma-yon ketayotgan patrul mashinasiga ruxsat berilgan eng yuqori tezlikda ham yetolmayotganiga e’tibor qaratdi. Shundan so‘ng u zobitga dakki berishga qaror qildi va uzoq cho‘zilmagan quvishdan so‘ng uni chekkaga chiqishga majbur etdi, deya xabar beradi Tjournal.
“Meni xuddi joyimda turganimdek quvib o‘tdingiz. 130 kilometr tezlikkacha chiqdim, ammo baribir changingizda qolib ketdim”, — deya ta’na qilgan Klaudia. Ayolning qayerga bunchalik shoshayotgani haqidagi savoliga javoban politsiyachi ishga ketayotgani, tezlikni oshirib yuborganini sezmaganini bildirgan. Kastilyo politsiyachi fuqarolar uchun o‘rnak bo‘lishi lozimligini eslatgan, zobitda esa bunga qo‘shilmaslikdan boshqa iloj qolmagan.
Bularning barchasini ayol videoga olgan va YouTube’ga joylagan. Uchta rolik jami bir milliondan ziyod ko‘rilgan. Videolavhalar ommalashib ketgach, zobitning shaxsi aniqlangan va unga nisbatan tekshiruv boshlangan.
https://youtu.be/-86Y1_FLuks
Izoh (0)