Eron oliy yetakchisining malahatchisi Ali Akbar Viloyatiy Rossiya prezidentining Suriya bo‘yicha vakili Aleksandr Lavrentev bilan muzokaralar olib bordi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Doktor Viloyatiy 1-fevral, dushanba kuni Rossiya prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev bilan uzoq vaqt davom etgan muhim uchrashuvni o‘tkazdi”, — deya ma’lum qilgan Eronning Rossiyadagi elchixonasi vakillari.
Uchrashuvda ikki mamlakat vakillari Suriya va mintaqadagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatuvchi mavzu hamda masalalar, shuningdek, Eron va Rossiya munosabatlarini muhokama etgani bildirilmoqda.