Kuba prezidenti Raul Kastro Fransiyaga tashrif buyurdi. Bu orol-davlat rahbarining 1995-yildan beri birinchi marta ushbu mamlakatga kelishi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Keyingi yillarda Fransiya Kubaning Yevropa bilan muzokaralarida o‘ziga xos vositachi vazifasini bajarmoqda. Endi esa Parij va Gavana o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish niyatida: tomonlar turizm, savdo va temiryo‘l sohasidagi hamkorlik haqida kelishib oldi. Shuningdek, Parij Kubaning Fransiya oldidagi davlat qarzini bir qismini oroldagi iqtisodiy loyihalarga yo‘naltirmoqchi.
O‘tgan yil may oyida Gavanada bo‘lgan Fransua Olland AQShni Kubaga nisbatan joriy etilgan savdo embargosini bekor qilishga chaqirdi.