Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel telefon orqali muloqot chog‘ida Ukrainadagi vaziyatni izga solish muammolarini muhokama etdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Ikki mamlakat yetakchilari Minsk kelishuvlari to‘liq bajarilishini ta’minlash, Ukrainada Konstitutsiya islohoti, Donbassda mahalliy saylovlar o‘tkazilishi bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqdi. “Normand to‘rtligi” doirasidagi faoliyatni yanada kuchaytirish, jumladan, yaqin kunlarda tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvini o‘tkazish haqida kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Angela Merkel Rossiya Minsk kelishuvlarini to‘liq bajarmayotganligi sababli unga nisbatan sanksiyalar davom ettirilishini ma’lum qilgandi.