Moskvadagi tikuv sexida yuz bergan yong‘in qurbonlari soni 11 kishiga yetdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Oldinroq yong‘inda 9 kishi nobud bo‘lgani bildirilgandi.
“Yana ikkita jasad topildi, qurbonlar soni 11 kishini takshil etmoqda”, — deya ma’lum qilgan shahar favqulodda xizmatlaridagi manba. Halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmagan, ular slavyan millatiga mansub bo‘lmagani aytilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tikuv sexiga qasddan o‘t qo‘yilgan. Mazkur hodisa bo‘yicha mulkni qasddan yo‘q qilish bo‘yicha ish ochildi.
Izoh (0)