Moliyaviy firibgarlikda gumon qilingan Salvadorning sobiq prezidenti Fransisko Flores kasalxonada 56 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
10 million dollarni o‘marganlikda ayblangan Flores bir necha oy davomida huquq-tartibot idoralaridan yashirinib yurdi, biroq keyinchalik politsiyaga taslim bo‘ldi va buni “faqat qonunni hurmat qilgani” bilan izohladi.
2009—2014-yillarda mamlakatni boshqargan Maurisio Funes 1999—2004-yillarda davlat rahbari bo‘lgan Floresni Tayvan Salvadorga iqtisodiy yordam tariqasida ajratgan 10 million dollarni o‘zlashtirishda ayblagan, sobiq prezident esa barcha ayblovlarni rad etgandi.
Flores 2014-yil sentabrida hibsga olingan, oradan ikki oy o‘tib sog‘lig‘idagi muammolar tufayli kasalxonaga o‘tkazilgandi.
Izoh (0)