Bugun, 27-yanvar kuni Osiyoning besh karra eng yaxshi referisi Ravshan Ermatov Qatar poytaxti Doha shahriga jo‘nab ketdi. Ermatov Qatarda davom etayotgan Osiyo chempionati doirasida tashkil etiladigan Osiyo futbol konfederatsiyasining maxsus tadbirida ishtirok etadi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Ermatov ushbu marosimga faxriy mehmon sifatida taklif etilgan. Tadbirda shaxsan Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti, bosh kotib va boshqa bir guruh rasmiy shaxslar ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Ermatov 9-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Osiyo Chempionlar Ligasining pley-off bosqichidan o‘rin olgan “Al Jazira” hamda “Al Sadd” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda hakamlik qiladi.
Izoh (0)