25-yanvar kuni FIDE (Xalqaro shaxmat federatsiyasi) rahbari Kirsan Ilyumjinov Jahon gumanitar fondi (World Human Fund)ning MDH mamlakatlaridagi faxriy prezidenti etib tayinlandi. Bu haqda Ilyumjinovga bag‘ishlangan axborot portali xabar bermoqda.
Bunga javoban, Ilyumjinov fond asoschisi Xiam Issaga o‘ziga nisbatan bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirdi, shuningdek, kelajakda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni umid qilib qoldi.
Jahon gumanitar fondi Yevropa, Rossiya, AQSh, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda faoliyat yurituvchi, ehtiyojmand kishilar, jumladan, suriyalik qochoqlarga ijtimoiy va tibbiy ko‘mak beruvchi nufuzli xalqaro tashkilotdir.
Izoh (0)