Amerikadagi Comedians in cars getting coffee (“Qiziqchilar qahva ichishga boradi”) deb nomlangan mashhur ko‘rsatuv boshlovchisi Jerri Saynfeld shou doirasida prezident Barak Obama qarorgohiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Dastur ssenariysi bo‘yicha, muallif yulduz bilan mashinada shahar bo‘ylab sayr qilib, qahva ichishga boradi. Biroq soqchilar prezidentning jurnalist bilan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymagach, Obama o‘z qarorgohi bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi.
Dastur mehmoni kuni qanday o‘tishi haqida gapirib berdi va hayotida prezident sifatida boshidan o‘tkazgan eng sharmandali vaziyatdan xabardor qildi. Shuningdek, Amerika yetakchisi hukumat tepasida juda uzoq vaqt bo‘lib turgan dunyo rahbarlarini muhokama qildi.
Izoh (0)