Melburn shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Avstraliya Ochiq chempionatining o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqasi davom etyapti. Unda ishtirok etayotgan Humoyun Sultonov 2-davrada mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Humoyun Sultonov ilk davrada britaniyalik Yevan Murni 6:4, 6:2 hisobida taslim etgandi. Lekin ikkinchi bosqichda musobaqaning birinchi raketkasi vengriyalik Met Valkushga 5:7, 6:0, 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirda ishtirok etayotgan yana bir o‘zbekistonlik tennischi Jo‘rabek Karimov 2-davradan muvaffaqiyatli o‘tdi va 3-davrada koreyalik Chang-Yon Oxga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)