2016-yilning 27—29-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Xitoy xalq respublikasida bo‘ladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Pekin shahrida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda O‘zbekiston — Xitoy munosabatlari va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
ShHT bosh kotibi Rashid Alimov bilan o‘tkaziladigan muzokaralar doirasida 2016-yil iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlari kengashi majlisi hamda O‘zbekistonning mazkur tashkilotda raisligi doirasida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari muhokama qilinadi.
Izoh (0)