O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi tibbiyot tashkilotlari shifokorlari egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan muntazam attestatsiyadan o‘tkaziladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 21-yanvardagi qarori (pdf)da ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Shifokorlarni attestatsiyadan o‘tkazish majburiy bo‘lib, besh yilda bir marta o‘tkaziladi. Shifokorlar attestatsiyadan Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etiladigan shifokorlarni muntazam attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha attestatsiya komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi.
Tegishli mutaxassislik bo‘yicha belgilangan tartibda berilgan, amaldagi malaka toifasiga ega bo‘lgan shifokorlar attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, qaror aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada oshirish, tibbiyot tashkilotlarini chuqur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Izoh (0)