MTV va Nickelodeon kanallarini o‘z ichiga olgan Viacom mediakonglomerati rahbari Samner Redstoun psixiatrik ekspertizadan o‘tishi kerak, deb yozadi “TASS”. Qaror sudda Redstounning ma’shuqasi uning ishga layoqatsizligini ma’lum qilgach, uning kompaniyasi investorlari so‘roviga ko‘ra qabul qilindi.
Redstounning sobiq ma’shuqasi Manuela Gerser sudga o‘tgan yil noyabrida mediamagnatning ongsiz holatda ekanligi haqidagi ariza bilan murojaat qilgan edi.
Samner Redstoun — Amerikaning CBS mediaxoldingi asosiy aksiyadori National Amusements kompaniyasi egasi. Ayni paytda Redstoun Viacom kompaniyasi raisi lavozimini band etgan, u MTV, Nickelodeon va Comedy Central kabi kabel tarmoqlariga egalik qiladi.
Izoh (0)