Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tailandning shimoli-sharqidagi Chayyapxum provinsiyasida shaharlararo avtobusning yengil avtomashina bilan yuzma-yuz to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 25 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda mamlakatning Uchinchi milliy telekanali bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

Yo‘l-transport hodisasi 22-yanvar, juma kuniga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Toyota Avanza rusumli yengil avtomashina qarshi tomondan kelayotgan shaharlararo avtobusga katta tezlikda kelib urilgan. Natijada, avtomashinadagi ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lib, uning haydovchisi og‘ir tan jarohati olgan. Avtobus yo‘ldan chetga chiqib ketib, uning haydovchisi va 23 nafar yo‘lovchisi tan jarohati olgan.

Barcha jarohat olganlar Tailand fuqarosi bo‘lib, ular mahalliy shifoxonaga yuborildi.

Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyda o‘rnatilgan videokameralar voqea tafsilotlariga aniqlik kiritishda va aybdorni aniqlashda yordam beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda