Nikaragua g‘arbidagi Matagalpa departamentida yo‘lovchi avtobusining ag‘darilishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 50 nafardan ziyod kishi tan jarohati oldi. Bu haqda hukumat vakillari bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasiga avtobusdagi tormoz tizimining ishdan chiqishi sabab bo‘lgan. Transport vositasi yo‘l to‘sig‘ini buzib o‘tib, chuqurligi uch metr bo‘lgan ariqqa tushib ketgan.
Politsiya, yong‘in xavfsizligi xizmati, Qizil Xoch jamiyati va mahalliy aholi vakillari jarohat olganlarni evakuatsiya qilishda ishtirok etdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Izoh (0)