Rossiyaliklar daromadlari kamayishi tufayli, go‘shtni kamroq iste’mol qila boshladi, deya xabar bermoqda Meduza Bojxona ittifoqi Yagona iqtisodiy makoni go‘sht kengashi prezidenti Musheg Mamikonyanga tayanib.
2015-yilda go‘sht iste’moli umumiy hisobda 3 foizga qisqargan, biroq go‘shtning ba’zi turlari uchun ushbu ko‘rsatkich kattaroq bo‘ldi. Masalan, o‘tgan yili fuqarolar mol go‘shtini 10 foizga kamroq xarid qilgan.
Iste’molchilar odatlarining o‘zgarishi rublning tushishi va import hajmi keskin kamayishi fonida kuzatilmoqda. 2015-yilning birinchi o‘n oyi davomida go‘sht va kalla-pocha importi hajmi bo‘yicha 31,5 foizga, pul shaklida esa 42,7 foizga qisqardi.
Shu bilan birga, Rossiyada “parrandalarning noan’anaviy turlari”ni ishlab chiqarish hajmi o‘smoqda, bular kurka tovug‘i, o‘rdak, g‘oz kabilardir. 2015-yilning o‘zidayoq kurka yetishtirish 34,9 foizga o‘sgan.
Izoh (0)