Kompaniyaning Vyetnamdagi filialida to‘rt nafar xodim uzoq vaqt davomida muntazam ravishda Nike krossovkalarini o‘g‘irlab kelgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
O‘g‘rilik yuzasidan surishtiruv ishlari xodimlardan biri qo‘lga tushgandan keyin boshlandi. Fan Kong Txin o‘n juft krossovkani olib chiqishga uringan. Keyinroq o‘g‘rilikning ko‘lami ancha kengligi va unda Xoshimindagi kompaniyaning yana uch nafar xodimining qo‘li borligi aniqlandi.
To‘rt nafar xodim o‘n minglab dollarga teng krossovkalarni olib chiqib ketgan. Ularning uylari tintuv qilinganda, ko‘plab oyoq kiyimlar topilgan.
O‘g‘irlangan krossovkalarning sonini aniqlashning imkoni yo‘q, biroq so‘z bir necha ming juft oyoq kiyim haqida borayotgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)