Vorkuta tog‘-iqtisodiy kolleji Soros fondi ko‘magida nashr etilgan kitoblarni yoqib yubordi. Jami ikki xil kitobning 53 nusxasi yoqib yuborildi, deb xabar beradi Meduza.
Kollej kutubxonasining mudirasi Yelena Vasilyevaning so‘zlariga qaraganda, ulardan biri “Dunyoqarash” deb nomlanib, “biroz diniy” bo‘lgan. Vasilyeva kitob talabalar orasida ommabop bo‘lmaganligini ta’kidladi.
Vorkuta politexnika kollejidan Soros fondi ko‘magida nashr etilgan oltita kitobning 14 ta nusxasi, Uxta davlat texnika universitetidan kitoblarning 400 ga yaqin nusxasi olib qo‘yildi.
Komi Ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, kitoblar Rossiya Federatsiyasi prezidentining Shimoli-G‘arbiy federal okrugdagi vakolatli vakili Vladimir Bulavinning ko‘rsatmasiga muvofiq olib qo‘yilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jorj Soros fondi 30-noyabr kuni Rossiyada nomaqbul tashkilot deb topilgan edi.
Izoh (0)