13-yanvar kuni Jenevada Suriya bo‘yicha Rossiya — AQSh — BMT formatidagi uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda diplomatik manbaga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda, deb yozadi “Vedomosti”.
Rossiya tomonidan muzokaralarda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Gennadiy Gatilov ishtirok etdi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv yakunlanishi bilan uning ishtirokchilari qatoriga Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya vakillari qo‘shiladi.
Izoh (0)