Alp tog‘larining Fransiyadagi qismida qor ko‘chkisi ostida yo‘qolgan o‘quvchilar guruhi qidirilmoqda. Ayni vaqtda Izer departamentidagi Le Dez Alp tog‘-chang‘i kurorti hududida besh nafar o‘smir qor ostida qolib ketgan, deb xabar qiladi “TASS”.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchilardan birining jasadi topilgan, yana uch kishi jiddiy jarohatlangan va ularning ahvoli og‘ir. Ular va hushsiz topilgan o‘quvchilarning ustozi Grenobldagi gospitalga yetkazildi. Ular Lion shahridagi Antuan de Sent-Ekzyuperi nomidagi litsey o‘quvchilari bo‘lgan.
Le Dez Alp hududida qor ko‘chishi xavfi besh balli shkalada uch ballga baholangani xabar qilinmoqda.
Izoh (0)