Tunisda faoliyat ko‘rsatayotgan 570 ta mehmonxonadan salkam yarmi — 270 dan ziyodi yopildi. Mamlakatda sodir etilgan teraktlardan so‘ng sayyohlar oqimi keskin kamaydi, bu esa xorijiy mehmonxonalar mahalliy bozorni tark etishiga olib keldi, deya xabar beradi “TASS”.
Tunis turizmiga Yevropa, xususan, Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniyadan keladigan sayyohlarning mamlakatda dam olishdan voz kechgani eng katta zarba bo‘ldi. “2015-yilda bir millionga yaqin sayyohni yo‘qotdik. Terrorchilar uyushtirgan hujumlar tufayli G‘arbdan keladigan sayyohlar oqimi 50 foizga kamaydi. Teraktlar qaytarilishi ehtimoli vaji bilan bir qator mamlakatlarda Tunisga borish man etildi”, — deya ta’kidlagan Tunis turizm vaziri Selma Elummi Rekik.
Bo‘hrondan eng ko‘p zarar ko‘rgan mintaqalar qatorida Kap Bon yarimoroli (75 ta mehmonxona yopilgan) va Jerba-Zarbis oroli (64 ta mehmonxona faoliyatini to‘xtatgan) qayd etilgan.
Izoh (0)