Boliviyada 13-yanvar, chorshanba kuni 6,0 magnitudali qattiq zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Seysmologlarning ma’lum qilishicha, zilzila markazi Santa-Krus departamentidagi Charagua shahridan 12 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Mumkin bo‘lgan qurbonlar yoki zarar to‘g‘risida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)