Yaponiya shimolida 6,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” mamlakat meteorologik agentligiga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, yer osti silkinishlari mahalliy vaqt bilan 12:25 (Toshkent vaqti bilan 08:25)da qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i Xokkaydo oroli janubiy sohili yaqinida, 50 km chuqurlikda bo‘lgan. Yer osti silkinishlari Yaponiyaning 13 ta prefekturasida sezildi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ham bugun, 14-yanvar kuni 08:24 da 3 balli zilzila sodir bo‘lgan edi. “Gazeta.uz”ning “Toshkent” markaziy seysmostansiyaga asoslanib xabar berishicha, zilzila epitsentri Toshkent shahridan 15 kilometr shimolda, Qozog‘iston bilan chegaradosh hududda bo‘lgan.
Izoh (0)