Qrim prokurori Natalya Poklonskaya 12-yanvar, seshanba kuni birinchi marta omma oldida general pogoni taqilgan, paradda kiyiladigan oq kitelda paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Muassasaning boshqa xodimlari bilan bir qatorda, u Prokuratura xodimlari kuni munosabati bilan tabriklarni qabul qildi.
“Birinchi marta oq kitel kiydim. Albatta, ko‘k qadrdonroq. Oq — bu katta mas’uliyat. Ammo men buni kiya olishimdan g‘ururlanaman”, — dedi Poklonskaya.
Izoh (0)