Xitoyning Xenan provinsiyasida Mao Szedunning 36 metrlik haykalini buza boshlashdi, deb yozadi Meduza.
Haykal bir necha kungina avval qurib bitkazilgan va mahalliy OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, u 3 million yuan (taxminan 455 ming dollar)ga tushgan.
Ijtimoiy tarmoqlarga joylangan suratlardan ma’lum bo‘lishicha, dastlab, haykalning qo‘l va oyoqlarini kesib tashlashgan. Maoning boshini qora mato bilan yopib qo‘yishgan. Xabar berilishicha, yodgorlikni buzishga mahalliy hukumat qaror qilgan — uning qurilishi, go‘yoki, ularning roziligisiz amalga oshirilgan.
Izoh (0)