Rossiya prezidenti Vladimir Putin Italiya bosh vaziri Matteo Rensi bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi, deya ma’lum qildi “RIA Novosti”.
“Xalqaro hayotning dolzarb mavzulari yuzasidan fikr almashish chog‘ida Suriyadagi mojaroni tartibga solish kelajagi, shuningdek, Eron va Saudiya Arabistoni munosabatlari bilan bog‘liq vaziyatga e’tibor qaratildi. Xalqaro terrorizmga qarshi kurash borasidagi urinishlarni birlashtirish zarurligi ta’kidlandi”, — deya xabar beradi Kreml matbuot xizmati.
Izoh (0)