Kuba seysmologik tadqiqotlar milliy markazi o‘tgan yili orolda 5053 ta zilzila qayd etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ulardan 17 tasi sezilarli bo‘lgan va asosan Kuba janubi-sharqida ro‘y bergan. 4,2 magnitudali eng kuchli zilzila o‘tgan yil yanvarida Xaguey-Grande shahri janubida sodir bo‘lgan.
Shuningdek, 2015-yilning 1 va 17-mart kunlari Kamaguey viloyatining Sibaniku-Kaskorro tumanida kuzatilgan silkinishlar ham anchayin kuchli bo‘lgan: ikkala kunda ham 200 dan ortiq silkinish qayd etilgan.
Izoh (0)