Kanadalik xonanda Jastin Biberning mayyalar manzili — Tulum shahriga (Meksika) tashrifi janjalga sabab bo‘ldi. Xonanda arxeologik qazishmalar ketayotgan hududga o‘tmoqchi bo‘lgan, bu holat payqalgach, undan ushbu joyni tark etish talab etilgan. Bu haqda The Independent xabar berdi.
Biberning atrofidagilar anglashilmovchilik ro‘y berganini ta’kidlamoqda. Ularning aytishicha, qo‘shiqchi bor-yo‘g‘i qazishma ketayotgan joy atrofida bo‘lgan — AllTournative ekosayyohlik kooperativiga borgan va mahalliy ruhoniy tomonidan o‘tkazilgan marosimda ishtirok etgan.
Izoh (0)