O‘zbekiston terma jamoasi va “Paxtakor” klubi himoyachisi Yegor Krimets faoliyatini Xitoyda davom ettiradi. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.
Futbolchi o‘zining sobiq klubi bo‘lgan “Beyjing Goan”ga ikki yil muddatga ijaraga berildi. Krimets 2013-yilda aynan shu klubda ijara asosida faoliyat olib borgan edi.
“Beyjing Goan” o‘tgan mavsumda Xitoy Superligasida 4-o‘rinni band etgandi. Klub safida argentinalik Pablo Battalya, braziliyalik Kleber kabi legionerlar to‘p tepadi.
Izoh (0)