Hindiston razvedkasi mamlakat harbiy-havo kuchlarining Panjob shtatidagi Patxankot bazasiga uyushtirilgan hujum tashkilotchilarini aniqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
The Times Of India ma’lumotlariga ko‘ra, hujum “Jayshi Muhammad” guruhi a’zolari tomonidan tayyorlangan. Uni rejalashtirishda ayni paytda Pokiston hududida bo‘lgan guruh yetakchisi Masud Ajar va yana uch kishi ishtirok etgan. Razvedka xizmatida jangarilar manzili va telefon raqamlari borligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2-yanvarga o‘tar kechasi aviabazaga uyushtirilgan hujum oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan va 20 kishi jarohatlangan, olti nafar terrorchi yo‘q qilingan.
Izoh (0)