Yaman prezidenti Abdu Rabbo Mansur Hodiy tarafdori bo‘lgan va Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llanilayotgan kuchlar Qizil dengizdagi Maydi port-shahri ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Shahar qo‘lga olinishidan avval arab koalitsiyasi hududga o‘ttizga yaqin aviazarba bergan. Shu bilan birga, isyonchi xusiylar shahar qo‘lga olinganini inkor etdi va raqib jiddiy talafotlarga duch kelganini ma’lum qildi.
Izoh (0)