Turkiya transport vaziri Binali Yildirim Rossiyani xalqaro aviatsiya me’yorlarini buzishda aybladi. Mamlakat aviakompaniyalari ekipaj a’zolari uchun viza berishdagi vaziyatni esa “zo‘ravonlik” deb atadi. Bu haqda u 6-yanvar, chorshanba kuni Anqaradagi matbuot anjumanida ma’lum qilgan, deya xabar beradi Reuters .
Oldinroq Pegasus Airlines aviakompaniyasi ekipaj a’zolariga kirish vizasi berilmagani uchun 13-yanvargacha Rossiyaga parvozlarni to‘xtatishini e’lon qilgandi. Shundan so‘ng Onur Air aviakompaniyasi ham 14-yanvarga qadar parvozlarni to‘xtatdi. Davlatga qarashli Turkish Airlines vakillari ekipajlar uchun viza olingani va Rossiyaga parvozlar jadvali o‘zgarmasligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 2016-yil 1-yanvardan Turkiya fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qildi.
Izoh (0)